ZEBO YUSUPAHMETOVA - BIR KAM DUNYO

  • Прослушиваний: 488 раз(а)
  • Размер: 8.53 MB
  • Длительность: 3:42
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 04 июнь 2023
ZEBO YUSUPAHMETOVA - BIR KAM DUNYO
Чтобы прослушать онлайн песню ZEBO YUSUPAHMETOVA - BIR KAM DUNYO нажмите на кнопку плей с светом зелений
Скачать песню ZEBO YUSUPAHMETOVA - BIR KAM DUNYO в mp3 бесплатно
Скачать
Текст песни
ZEBO YUSUPAHMETOVA - BIR KAM DUNYO (Artist shou)

Gohida g‘am, goh quvonch,
allaqanday tashvishlar,
gohi gumon, goh ishonch
qalb qafasin to‘ldirar.
O‘zimizga ishonib,
gohi birga bo‘lamiz,
musibat yetgan chog‘da
zaif titrab qolamiz.
Bu hayot dengizida
biz misoli tomchilar,
har tomchi amalidan
dunyo to‘ri to‘qilar.
Bir kam dunyo...
Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u
unda birga turar.
Bir kam dunyo!
Bir kam dunyo!..
Yaxshilik va yomonlik
mudom bahsin surar.
Bir kam dunyo,
sinovingdan o‘tishga
har kim madad, najot tilar.
Muhabbat - shirin og‘u.
Ishq qo‘liga aylanib,
bevafoning ahdiga
goh qolamiz aldanib.
Mashaqqatli bu hayot
aslida bir muallim.
Xom sut emgan bandalar,
undan olmaymiz ta’lim.
Baxt boylikka cho‘mganda
yo‘qotamiz halovat,
dunyo bir kamligiga
hech qilolmaymiz toqat.
Bir kam dunyo!...
Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u
unda birga turar.
Bir kam dunyo!..
Sinovingdan o‘tishga
har kim madad, najot tilar.